Toshkentning Yangihayot tumanida chaqaloq sumkaga solingan holda ko‘chaga tashlab ketildi. Unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga olib borilgan. Holat yuzasidan tekshiruv ishlari o‘tkazilmoqda. Video.
Toshkent shahri hokimligi va “Toshkent invest” kompaniyasi Yangihayot tumanida jamoat savdo-ko‘ngilochar bulvarini qurish uchun investor qidirmoqda. Uzunligi 1 km bo‘lgan bulvarda gastronomik, sport, savdo va bolalar uchun ko‘ngilochar joylar bo‘ladi.
Yangihayot tumanida janjal bo‘layotgan xonadonga borgan profilaktika inspektorini mast holdagi uy egasi pichoqladi. IIB xodimiga shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatildi. Holat bo‘yicha uy egasiga jinoyat ishi ochildi.
Toshkentning Yangihayot tumanida qariyb 60 yildan beri mavjud yog‘och uylar o‘rnida ilgari reja qilinganidek uy-joylar emas, Xitoy investorlari ishtirokida yashil bog‘ quriladi. “Yaqinda prezident Sergeli va Yangihayotda ham Yangi O‘zbekistonga o‘xshagan istirohat bog‘i quringlar dedi”, — deya ta’kidladi tuman hokimi.
Yangihayot tumani hokimi Minerva city majmuasini qurayotgan hindistonlik tadbirkor ustidan sudda yutib chiqilgani va 100 gektar maydon davlatga qaytarilganini ma’lum qildi. “Tadbirkorning o‘zi uyga to‘lov qilganlarga pullarini qaytarib berdi”, dedi u. Majmua o‘rnida yana uy-joy qurilishi rejalashtirilmoqda.
Toshkentning Yangihayot tumanidagi ko‘p qavatli uy lifti elektr o‘chishi oqibatida qulagani haqida xabar tarqaldi. Tuman hokimligi tok o‘chgach generator ishlagani, lift ichidagi qizaloq pastga xavfsiz tushganini ma’lum qildi.
Toshkent shahri aholisi 10−17-oktabr kunlari Yangihayot tumanidagi mavze va ko‘chalarni nomlash bo‘yicha takliflarini yo‘llashi mumkin. “Gazeta.uz” avvalroq poytaxtdagi 200 ga yaqin geografik obyektning nomi yo‘qligi haqida yozgandi.
18-iyun kuni Yangihayot tumanida yuk tashuvchi liftning nosozlik tufayli tezlashib ketishi oqibatida 13 kishining hayoti xavf ostida qoldi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, may oyida foydalanishga topshirilgan uyning aholiga mo‘ljallangan 2 ta lifti nosoz bo‘lgan. Shu bois ular yuk tashuvchi liftdan foydalanib kelishgan.
Yangihayot tumanidagi 122-sonli bog‘chaga amaliyot o‘tash uchun kelgan kollej o‘quvchisi uxlamagan bolalarning tanasiga igna tiqib olgani aniqlandi. U amaliyotdan chetlatildi, holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
Toshkentda yanvar oyida 12 yoshli qizni zo‘rlab, o‘ldirgan shaxs maxsus tartibdagi koloniyada umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Shuningdek, unga alkogolizm hamda murakkab politoksikomaniyaga qarshi majburiy davolanish tayinlandi.
Yangihayot tumanida boshqaruvi yo‘qotilgan Nexia-2 beton simyog‘ochga urildi. YTH sababli 23 yoshli haydovchi vafot etdi.
Bosh prokuratura yanvar oyida Toshkent shahrining Yangihayot tumanida 12 yoshli qizni zo‘rlash va o‘ldirish bo‘yicha jinoyat ishi sudga oshirilganini ma’lum qildi. Avvalroq qiz yashagan uyda ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullangan 29 yoshli erkak qotillikda gumon qilinayotgani haqida xabar berilgandi.
Yangihayot tumanidagi maktabning 16, 17 yoshli o‘quvchi qizlari 14 yoshli qizni urib, unga yengil jarohat yetkazdi. Qizlarning ota-onalari bilan tushuntirish ishlari olib borilgan. Voqea yuzasidan bezorilik holati bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.
Toshkentda 33 yoshli sportchi oilaviy tortishuv sababli 28 yashar turmush o‘rtog‘ini, keyinroq 7 yoshli o‘g‘liini urib, tan jarohati yetkazdi. Toshkent IIBBga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Yangihayot tumanida 12 yoshli qizning jasadi topilgan tashlandiq hududni obodonlashtirish ishlari boshlandi. Hududdagi daraxtlarning ortiqcha shoxlari olinib, yo‘llar ochiladi, chiroqlar o‘rnatiladi. Avvalroq marhumaning buvisi ko‘chalar yoritilmasligi, kameralar yo‘qligidan shikoyat qilgandi.
Toshkentda bedarak yo‘qolgan 12 yoshli qizning murdasi 1 fevralga o‘tar kechasi o‘zi yashagan uy oldidan topilgandi. Qizni qidirish ishlarida uni o‘ldirishda gumon qilinayotgan qo‘shni yigitning o‘zi ham qatnashgan. Qizning onasi prezidentga murojaat qilib, aybdorga «eng oliy jazo» tayinlanishini so‘radi.
Seshanba kuni ertalab Yangihayot tumanidagi yog‘och uylarning birida yong‘in chiqdi. Hech kim jarohat olmagan. Yong‘in yog‘ qizdirilgani ortidan yuz bergani taxmin qilinmoqda.
Toshkent shahrining Yangihayot tumanida 12 ta xonadondan iborat bo‘lgan uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Uydan 9 nafar fuqaro evakuatsiya qilindi, biroq 2 nafar fuqaro halok bo‘ldi. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Yangihayot tumani Yo‘ldosh mavzesida avariya holatidagi yog‘och uylarda 15 mingdan ziyod aholi yashaydi. 5000 ta ulkan chinor va eman daraxtlari tufayli ularni ko‘chirish kechikmoqda. Hokimlik muammoni qanday hal qilishni rejalashtirayotgani va aholining bu yerdagi hayot haqidagi fikrlari — «Gazeta.uz» reportajida.
Toshkentning Yangihayot tumanidagi 409 ta yog‘och uy egalariga shu yerning o‘zidan yangi uy beriladi, dedi tuman hokimi Hayot Inog‘omov. Bunga 3341 nafar mulkdor kompensatsiya evaziga rozi bo‘lgan, 685 nafari esa norozi, yana 160 ta uy egasi topilmagan. Hozircha buzishga ko‘p yillik daraxtlar xalaqit bermoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting